Common Space ilk “gumanitar sunʼiy yoʻldosh”ni 2027-yilda uchirmoqchi
Common Space boʻlajak gumanitar guruhning ilk sunʼiy yoʻldoshini 2027-yil iyulida SpaceX raketasida uchirmoqchi. Qurilmani Satellogic ishlab chiqadi.

19-noyabr kuni notijorat Common Space tashkiloti ilk apparatni ishlab chiquvchi sifatida Satellogicni tanlaganini maʼlum qildi. Argentina-Amerika kompaniyasi NewSat Mark V sunʼiy yoʻldoshini yaratadi va uni SpaceXning qoʻshma missiyasi doirasida uchirishga tayyorlaydi.
Common Space Yer yuzini masofadan zondlovchi oltita sunʼiy yoʻldoshdan iborat guruhni joylashtirmoqchi. Tashkilot yuqori aniqlikdagi tasvirlarni qutqaruvchilar, jurnalistlar, olimlar va inson huquqlari buzilishi holatlarini tekshiruvchilar uchun taqdim etishni rejalashtirmoqda. Uning rejasiga koʻra, infratuzilma va xarajatlar koʻplab foydalanuvchilar oʻrtasida taqsimlanadi. Bu maʼlumotlardan past narxda keng foydalanish imkonini berishi kerak.
NewSat Mark V sirtdagi 70 sm gacha boʻlgan obyektlarni ajrata oladi, Satellogic algoritmlari esa bu koʻrsatkichni 50 sm gacha yaxshilaydi. Kompaniya apparatni past Yer orbitasida ham boshqaradi. Common Space guruhni oltita sunʼiy yoʻldoshgacha kengaytirish va ustuvor hududlarni har kuni kuzatish uchun ularni 2030-yilgacha joylashtirishga mablagʻ yigʻmoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
