Rafael Nadal «Real» direktorlar kengashiga tayinlandi
«Real» 40 yoshli, «Katta dubulgʻa» turnirlarining 22 karra gʻolibi Rafael Nadalni klub direktorlar kengashiga tayinladi.

Madridda 2026-yil 4-noyabr kuni futbol klubi «Real» Nadalning direktorlar kengashiga tayinlanganini eʼlon qildi. Klub oʻzining faxriy aʼzosi va koʻp yillik muxlisi rahbarlik lavozimini egallaganidan faxrlanishini bildirdi.
Nadal «Real» prezidenti Florentino Peres va direktorlar kengashiga bu taklif uchun minnatdorlik bildirdi. U taklifni katta ishtiyoq bilan, oʻrganish va oʻz hissasini qoʻshishga tayyor holda qabul qilganini aytdi.
Nadal 2024-yilda professional tennisdagi faoliyatini yakunlagan. 2026-yilning avvalida u «Real» prezidenti lavozimiga nomzod qilib koʻrsatilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etib, ularni ishonchsiz deb atagan. Klub Nadalning qadriyatlari «Real»ning oʻziga xosligiga mos kelishini maʼlum qildi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
