Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Naruto» filmi muxlislar sevgan aktyorni asosiy rolga deyarli tasdiqladi

Hiroyuki Sanada Lionsgate bilan «Naruto» filmida uchinchi hokage Hiruzen Sarutobi rolini ijro etish boʻyicha yakuniy muzokaralarni olib bormoqda. Suratga olish ishlari kelasi yil bahorida boshlanadi.

25-noyabr, 15:55По-русски

Read in English

polygon.com

Dushanba kuni rejissyor Destin Daniel Cretton «Naruto» franshizasi asosidagi badiiy film ssenariysini yozayotgani va uni suratga olishga tayyorlanayotgani maʼlum boʻldi. Sanadaning Lionsgate bilan muzokaralari yakuniy bosqichda, biroq kelishuv hali tuzilmagan.

Hiruzen Sarutobi — Yashirin Barg qishlogʻi rahbari va Narutoning ustozlaridan biri. Yoshligida u Jiraiya, Orochimaru va Tsunade kirgan jamoaga boshchilik qilgan. Hikoya boshida u Konoha bosqini paytida Orochimaruga qarshi jang qiladi.

Sanada «Soʻnggi samuray» va «Pik soati 3» filmlaridagi rollari orqali tanilgan. Keyinchalik u «Rosomaxa», «Qasoskorlar: Intiho» va «Jon Uik 4» filmlarida, shuningdek, «Gʻarb olami» va «Syogun» seriallarida rol ijro etdi. «Mortal Kombat» turkumidagi filmlarda aktyor Scorpion obrazini gavdalantirgan.

Loyihada Charles Melton ham ishtirok etishi mumkin: u Narutoning ustozi Kakashi Hatake rolini ijro etish boʻyicha muzokara olib bormoqda. Iyul oyida Cretton 7-jamoaning asosiy rollari — Naruto, Sasuke va Sakura obrazlari uchun aktyorlar izlanayotganini eʼlon qilgan. Filmning chiqish sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.