Wildberries mustaqil nashrlar hisobiga raqamli kitoblar katalogini kengaytiradi
Wildberries & Russ birlashgan kompaniyasi «Litnet» bilan hamkorlikni boshladi. Yopiq testdan soʻng monetizatsiyasi faol mualliflar asarlarini «WB Kitoblar» katalogiga joylay oladi.

«Litnet»ning «WB Kitoblar» ilovasi bilan integratsiyasi noyabr oʻrtalarigacha mualliflarning cheklangan guruhi uchun yopiq rejimda davom etadi. Jamoalar texnik jarayonlarni tekshiradi, fikr-mulohazalarni yigʻadi va zarur boʻlsa, funksionallikni takomillashtiradi.
Sinovdan keyin platformadagi monetizatsiyasi faol barcha mualliflar asarlarini katalogga qoʻsha oladi. Buning uchun ularga «Litnet»dagi shaxsiy kabinet orqali integratsiyadan foydalanish imkoniyati beriladi.
«WB Kitoblar» biznesini rivojlantirish rahbari Alina Zalnovaning aytishicha, xizmatning 2027 yilgi maqsadlaridan biri RWB infratuzilmasidan foydalanib, mustaqil mualliflar va hamkor platformalar uchun vositalar yaratish boʻladi.
2026 yilning birinchi yarmida mustaqil nashrlar bozori hajmi 5,4 mlrd rublga yetdi — bu bir yil avvalgidan 26% koʻp. Raqamli kitoblarning butun bozori 10% oʻsib, 11,7 mlrd rublga yetdi.



