De la Fuente Ispaniyaning ketma-ket 12-gʻalabasidan soʻng hurmat soʻradi
Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente Chexiya ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng hurmat soʻradi va magʻlubiyat har bir oʻyin bilan yaqinlashayotganini aytdi.

Millatlar ligasi doirasidagi oʻyinda Ispaniya terma jamoasi Chexiyani 2:0 hisobida magʻlub etdi. Bu jamoaning ketma-ket 12-gʻalabasi boʻldi, asosiy vaqtdagi magʻlubiyatsiz seriya esa 43 ta uchrashuvga yetdi — bu rekord koʻrsatkich.
De la Fuente uchrashuvni murosasiz kechgan deb atadi va raqibning sergʻayrat oʻyinini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, ispanlarga xotirjamlik yetishmadi, biroq jamoa yetarlicha vaziyat yaratdi.
Gʻalabali seriya haqida gapirar ekan, murabbiy har bir yangi uchrashuv bilan magʻlub boʻlish ehtimoli oshib borishini aytdi. Shuningdek, u terma jamoaga muvaffaqiyatsizlik tilashayotganini bilmasligini, biroq hurmat soʻraganini va jamoa haqidagi toʻqima maʼlumotlar unga ogʻir botishini qoʻshimcha qildi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
