Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Adliya vazirligida qishloq xoʻjaligi yerlariga xususiy mulk masalasi muhokama qilindi

Adliya vazirligi konferensiyasida qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish mexanizmlari, xususiy mulkni joriy etish ehtimoli, xavflar va kafolatlar muhokama qilindi.

20-noyabr, 15:05По-русски

Read in English

gov.uz

20 noyabr kuni Adliya vazirligi qishloq xoʻjaligi yerlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni takomillashtirishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazdi. Ishtirokchilar yerlardan oqilona foydalanish, yer resurslarini boshqarish va kadastr tizimi shaffofligini oshirish masalalarini koʻrib chiqdi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov yer munosabatlarida huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va kompleks yondashuv muhimligini taʼkidladi. Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Bosh prokuratura, davlat organlari, Jahon banki, xalqaro tashkilotlar va ilmiy doira vakillari qishloq xoʻjaligi yerlariga xususiy mulk joriy etish imkoniyatlari hamda ehtimoliy xavflarni muhokama qildi.

Xususiylashtirishning, jumladan, suv resurslaridan foydalanish bilan bogʻliq huquqiy xavflari ham alohida koʻrib chiqildi. Xorijiy ekspertlar Litva, Rossiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar tajribasini taqdim etdi. Konferensiya yakunlariga koʻra, ishtirokchilar takliflaridan yer qonunchiligi va yerga boʻlgan huquqlar kafolatlarini keyinchalik oʻrganishda foydalanishga qaror qilindi.