Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Mark Markes MotoGPdagi ishtirokini yakunlashini eʼlon qildi

Mark Markes 2026 yilgi mavsumdan keyin MotoGPdagi ishtirokini yakunlaydi. U buni Valensiya Gran-prisidagi ilk mashgʻulot oldidan eʼlon qildi, Ducati keyinroq tasdiqladi.

27-noyabr, 15:15По-русски
championat.com

Ispaniyalik poygachining qarori Valensiyadagi bosqich MotoGPdagi soʻnggi poygasi boʻlishini anglatadi. Avvalroq uning faoliyatini yakunlashi soʻnggi yillarda taʼqib qilgan sogʻliq muammolari va jarohatlar bilan bogʻlangan edi.

Portugaliya Gran-prisida Markes qirollik klassida sakkizinchi, barcha toifalar hisobida esa oʻninchi jahon chempionligi unvonini qoʻlga kiritdi.