Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Kevin Dyurant NBA tarixida faoliyati davomida 33 000 ochko toʻplagan beshinchi oʻyinchiga aylandi

Kevin Dyurant NBA muntazam chempionatlarida 33 000 ochko toʻplab, liga tarixida bunday natijaga erishgan beshinchi oʻyinchiga aylandi.

27-noyabr, 12:51По-русски

Read in English

championat.com

26 noyabrga oʻtar kechasi NBA kubogi guruh bosqichining «Phoenix Suns»ga qarshi oʻz maydonidagi oʻyinida u muntazam chempionatlarda faoliyati davomida 33 000-ochkosini qoʻlga kiritdi.

38 yoshli amerikalik, liganing ikki karra chempioni, bu marrani ikkinchi chorak oxirida zabt etdi. Endi u NBA tarixida bunday natijaga erishgan beshinchi oʻyinchi boʻldi. Ungacha muntazam chempionatlarda 33 000 ochko toʻplaganlar faqat LeBron Jeyms, Karim Abdul-Jabbar, Karl Meloun va Kobi Brayant edi.

Dyurantning navbatdagi maqsadi — faoliyatini 33 643 ochko bilan yakunlagan Brayant. Joriy yilning mart oyida Kevin Maykl Jordanni (32 292 ochko) ortda qoldirgandi.