Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Eron tashqi ishlar vaziri Quvaytga qilingan hujumni «urush uchun tayyor ssenariy» deb baholadi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Quvaytga uyushtirilgan dronlar hujumini shubhali deb hisoblamoqda. Tehron nima boʻlganini aniqlash uchun Quvayt va Italiya bilan birgalikda ishlashga tayyor.

27-noyabr, 18:01По-русски

Read in English

ru.euronews.com

Vazir oʻz pozitsiyasini X ijtimoiy tarmogʻida bayon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, hodisa «urush uchun tayyor ssenariyga oʻxshaydi». Arakchi hujum sabablarini aniqlash uchun Eron har ikki davlat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini yozdi.

Vazir, shuningdek, Italiya va Quvaytdagi hamkasblari bilan telefon orqali muzokaralar oʻtkazib, Italiya fuqarolarining halok boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan suhbatda Arakchi Eronga qarshi ayblovlarni asossiz deb atadi. U Islom Respublikasi hodisaga aloqador emasligini va buning uchun javobgar emasligini taʼkidlamoqda.

Bundan avval hujumga aloqadorligini harbiylar ham rad etgandi. Eron qurolli kuchlari vakili Abolfazl Shekarchi mamlakat armiyasi mintaqada hech qanday harbiy yoki hujumkor operatsiyalar oʻtkazmaganini aytdi.

Quvayt Mudofaa vazirligi esa, oʻz navbatida, hujum uchun javobgarlikni Eronga yuklamoqda. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Eron dronlarining zarbasi ikki nafar Italiya fuqarosining hayotiga zomin boʻlgan, yana ikki kishi jarohatlangan.