Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

«Real» va Brahim kelishuvni 2031-yilgacha uzaytirdi

Yarim himoyachi Brahim Dias «Real» bilan yangi kelishuv imzoladi va Madrid klubida 2031-yil 30-iyungacha qoladi.

27-noyabr, 17:51По-русски

Read in English

sports.ru

Madridda «Real» Dias bilan kelishuvni uzaytirganini eʼlon qildi. Klub yarim himoyachi jamoada 2031-yil 30-iyungacha toʻp tepishda davom etishini maʼlum qildi.

Dias Madrid klubiga 2019-yilda qoʻshilgan va olti mavsumda 173 ta uchrashuv oʻtkazgan. U jamoa bilan yettita sovrinni, jumladan, Chempionlar ligasi, klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va Ispaniyaning ikki chempionligini qoʻlga kiritgan.

Futbolchi Marokash terma jamoasida ham oʻynaydi. «Real» bayonotida u 2025-yilgi Afrika kubogining eng yaxshi toʻpurari deb ataldi.