Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

KSIK AQShning F-16 samolyotiga ogohlantiruvchi oʻq uzilgani haqida maʼlum qildi

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (KSIK) Fors koʻrfazidagi Hengam oroli yaqinida AQShning F-16 samolyotiga ogohlantiruvchi oʻq uzilganini bildirdi. Shundan soʻng qiruvchi samolyot Eron chegaralaridan uzoqlashdi.

27-noyabr, 17:38По-русски
vesti.ru

27 noyabr kuni Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi oʻzining havo hujumidan mudofaa kuchlari Fors koʻrfazidagi Hengam oroli hududida AQShning F-16 qiruvchi samolyotiga ogohlantiruvchi oʻt ochganini maʼlum qildi. Harbiylarning taʼkidlashicha, shundan soʻng samolyot Eron chegaralaridan uzoqlashgan.

Bayonotda aytilishicha, F-16 tijoriy kemalarni himoya qilib, Eron havo hududiga yaqinlashgan. Bu kemalar Tehron ruxsatsiz deb hisoblaydigan yoʻnalish boʻylab, Ormuz boʻgʻozi orqali harakatlangan.

KSIKning taʼkidlashicha, havo hujumidan mudofaa vositalari ishga tushirilganidan soʻng qiruvchi samolyot keskin burilgan. Eron harbiylari Ormuz boʻgʻozi orqali tranzit qoidalarini chetlab oʻtishga urinishlar yoʻl qoʻyib boʻlmasligini ogohlantirdi.

Ularning bayonotiga koʻra, kelgusidagi qoidabuzarliklar qoidalarni buzayotganlarning oʻzi uchun ham, ularni qoʻllab-quvvatlayotgan qurolli kuchlar uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.