Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Fordning Le-Mans uchun yangi poyga mashinasi: GT41

Ford atmosferali gibrid V8 dvigatelli GT41 giperkari taqdim etdi. Mashina 2027 yilda chidamlilik boʻyicha jahon chempionatida debyut qilib, «Le-Manning 24 soati»da qatnashadi.

27-noyabr, 18:30По-русски

Read in English

motor1.com

Ford GT41 giperkari kompaniya «Le-Manning 24 soati»ning yuqori klassiga qaytadigan avtomobil sifatida rasman taqdim etildi. Uning poygadagi debyuti 2027 yil mart oyida Qatarda rejalashtirilgan. Shundan soʻng avtomobil chidamlilik boʻyicha jahon chempionatining barcha toʻqqiz bosqichida qatnashishi kerak.

GT41 nomi avtomobil balandligi bilan bogʻliq: u 41,0 dyuymni tashkil etadi — Ford GT40 dagi koʻrsatkich ham shuncha. Giperkarga hajmi 5,4 litr boʻlgan V8 dvigatelli atmosferali gibrid kuch qurilmasi oʻrnatilgan.

Ford dvigatelni Dearbornda mustaqil ravishda ishlab chiqadi, yigʻadi va sinovdan oʻtkazadi. Ford Racing nafaqat motor detallari va uni kalibrlash, balki dasturiy taʼminot hamda yorugʻlik va oynatozalagichlarni boshqarishni oʻz ichiga oladigan past kuchlanishli tizimlar uchun ham javob beradi. Ford Racing kuch qurilmalari boʻyicha bosh muhandisi Kristian Hertrixning aytishicha, ushbu dasturda kompaniyaning tashqi hamkori yoʻq.

Dvigatellar Fordning sinov majmuasi yonidagi kichik ustaxonada yigʻiladi. Ishlab chiqarish va sinov guruhlari bir binoda ishlaydi. Kompaniya bahosiga koʻra, bu ishlab chiqish vaqtini qisqartirishi kerak. Ford poygadagi debyutidan oldin dekabr va yanvar oylariga rejalashtirilgan sinovlarga eʼtibor qaratadi.

Mavsum doirasidagi «Le-Manning 24 soati» poygasi 2027 yil 12 iyunda boʻlib oʻtadi. Chempionat noyabr oyida Bahrayndagi bosqich bilan yakunlanadi.